UEFA vakillari 11-dekabr kuni Valdebebaseda joylashgan “Real” klubi bazasiga tashrif buyurdi. Ular madridliklar hujumchisi Krishtianu Ronaldu hamda klubning boshqa 9 nafar futbolchisidan doping tekshiruvi uchun tahlillar oldi, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.
UEFA a’zolarining tashrifi kutilmagan bo‘lganini ham ta’kidlab o‘tish kerak. “Real” klubi bu haqida avvaldan ogohlantirilmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barselona” hujumchisi Lionel Messidan ham dopingga qarshi tahlillar olingandi. O‘shanda Messi doping tekshiruviga chaqirilgan 5 nafar futbolchining ichidan faqat undan tekshiruv uchun qon olishganidan ajablangandi.
Izoh (0)