Xitoy ilmiy tadqiqotlar uchun mo‘ljallangan “Yaogan-25” sun’iy yo‘ldoshini Yer orbitasiga muvaffaqiyatli olib chiqdi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligiga tayanib, “Kun” xabar bermoqda.
Ushbu sun’iy yo‘ldosh Xitoy shimoli-g‘arbida joylashgan Gansu viloyatidagi Szyutsan kosmodromidan, Long March-4C raketa tashuvchisi yordamida uchirilgan. Bu Long March tasnifidagi raketalar uchun 201-parvoz bo‘ldi.
Sun’iy yo‘ldoshdan ilmiy tajribalar o‘tkazish, tabiiy resurslarning holatini o‘rganish, qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosillarini baholash va tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf qilish ishlarida foydalaniladi.
Ma’lumot uchun, Xitoy “Yaogan” tasnifidagi sun’iy yo‘ldoshlarni dastlab 2006-yilda orbitaga olib chiqqan edi.
Izoh (0)