AQShning Time jurnali Ebola epidemiyasiga qarshi kurashuvchilarni “Yil odami” deb e’lon qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, nomzodlar ro‘yxatidan shuningdek Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Iroq Kurdistoni yetakchisi Masud Barzaniy, Alibaba Group asoschisi Jek Ma, Apple rahbari Tim Kuk, AQSh Milliy Futbol Ligasi komissari Rojer Gudill hamda amerikalik aktrisa va xonanda Teylor Svift ham o‘rin olgan. Kollektiv nomzodlardan Fergyusondagi namoyishchilar ham bo‘lgan.
Ebolaga qarshi kurashuvchilardan keyingi o‘rinlarni Fergyusondagi namoyishchilar, Vladimir Putin, Masud Barzaniy va Jek Ma egallagan. Jurnal o‘quvchilari versiyasi bo‘yicha esa Hindiston bosh vaziri Narendra Modi “Yil odami” deb topilgan. 2013-yilda bu nomga Rim papasi Fransisk, 2012-yilda esa AQSh prezidenti Barak Obama loyiq topilgan.
Izoh (0)