Shvetsiyadagi eng keksa erkak, joriy yilning oktabr oyida 109 yoshni qarshi olgan Erik Andersson ushbu hafta boshida olamdan o‘tdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Marhumning o‘g‘lining so‘zlariga ko‘ra, u o‘z umrining so‘nggi ikki soatini viski hamrohligida to‘yib tushlik qilish bilan o‘tkazgan.
109 yoshli erkak umrining so‘nggi yillarini G‘arbiy Shvetsiyada joylashgan Varberg shahridagi qariyalar uyida o‘tkazgan. U 80 yil davomida elektrik sifatida ishlagan bo‘lib, sog‘lom turmush tarzi kechirgan va chekmagan.
Izoh (0)