“Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilari bir necha yillar davomida saytdagi “Yandeks” nomli guruhga qidiruv so‘rovlarini yozib kelgani ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda Meduza.
Ular ob-havo, tush ta’biri bilan qiziqqan, e’lonlar izlashgan, boshqa saytlarga o‘tishga urinib ko‘rgan va qidiruv tizimida qilinadigan boshqa ishlarni amalga oshirmoqchi bo‘lgan.
“Yandeks” matbuot xizmati ma’lum qilishicha, bu guruh hozircha qidiruv tizimiga tegishli emas. Guruhni ochgan kompaniya xodimi keyinchalik iste’foga chiqib ketgan. “Odnoklassniki” xodimlari esa foydalanuvchilar bu guruhni qidiruv tizimi bilan adashtirib kelayotganidan xabardor bo‘lgan.
Izoh (0)