Namangan shahridagi xonadonlardan birida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilmasligi natijasida yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Kun.uz”.
O‘zbekiston IIV matbuot xizmati axborotida yong‘inning aynan qachon sodir bo‘lgani ma’lum qilinmagan, faqat hodisa o‘tgan hafta (3-9 dekabr oralig‘ida) sodir bo‘lgani bildirilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Namangan shahridagi xonadonlardan birining yashash xonasiga o‘rnatilgan qo‘lbola isitish pechi yoqib, nazoratsiz qoldirilishi natijasida yong‘in sodir bo‘lgan.
1 kvadrat metr maydonni qamrab olgan yong‘in natijasida o‘rin-ko‘rpa yonib zararlangan. “Yong‘in o‘chirish vaqtida uy egasining kuygan holdagi jasadi topildi”, – deyiladi IIV axborotida.
Izoh (0)