2012-yilda Yer va Oyni bog‘lovchi lift qurish rejasini e’lon qilgan AQShning LiftPort Group kompaniyasi KickStarter tarmog‘idagi kampaniyada 100 ming dollar mablag‘ to‘plagach koinotda lift qurish loyihasini taqdim etdi, deb xabar bermoqda “Vesti.ru”.
Yerdan Oyga lift qurish ancha murakkabligi tufayli tadqiqotchilar liftni Oydan Yerga qurib kelish g‘oyasini ilgari surgan. Unga ko‘ra, PicoGravity Lab nomli stansiya Oyning tegishli hududiga portni o‘rnatadi. Undan chiqqan tasma 250 ming kilometrlik yo‘l bilan Yergacha cho‘ziladi va Yerda ham tegishli hududga o‘rnatiladi.
2020-yilgacha ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan uskuna to‘liq faoliyatinin boshlasa, uning yordamida tuproq namunalari, uskunalar va hattoki odamlarni ham tashish mumkin bo‘lishi aytilmoqda.
Izoh (0)