Jizzax viloyatining Zomin tumani ichki ishlar bo‘limiga bir fuqaro o‘z uyi oldida qoldirgan Lacetti avtomobili o‘g‘irlab ketilgani sababli murojaat qildi, deb xabar bermoqda “Na postu” gazetasi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida jinoyatchilar qo‘lga olindi.
O‘g‘rilar Toshkent shahrida yashovchi, hech qayerda ishlamaydigan, biri 1982-yilda, ikkinchisi 1990-yilda tug‘ilgan ikki kishi bo‘lib chiqdi. Hozirda voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)