Toshkent shahrida joylashgan PSM Group avtosalonining ekspeditori mijozlarga tegishli bo‘lgan 80 ming dollarni o‘zlashtirib oldi, deb xabar bermoqda “Kun.uz”.
“Huquq” gazetasining axborot berishicha, avtosalonning ushbu xodimi mijozlarga avtomashinalarni qisqa muddatda olib berishni va’da qilib, ulardan bu xizmati uchun pul olgan.
Ekspeditor Nexia uchun 400 dollar, Lacetti uchun 500 dollar, Spark uchun 600 dollar, Damas uchun 800 dollar miqdorida pul olgan. Toshkent shahri Yashnobod tuman sudi bu jinoyatchini 6 yilga ozodlikdan mahrum etish bo‘yicha hukm e’lon qildi.
Izoh (0)