Madridning “Real” klubi YeChL guruh bosqichining barcha o‘yinlarini g‘alaba bilan yakunladi. Natijada 18 ochko to‘plab, 16:2 ko‘rinishidagi to‘plar nisbatiga ega bo‘ldi, deb xabar beradi “Stadion.uz”.
Madridliklar 2011-yilda ham YeChL guruh bosqichida 100 foizli natija qayd etgan edi. O‘shanda ular “Dinamo” (Zagreb), “Ayaks” va “Lion”ga qarshi barcha o‘yinlarda g‘alaba qozongan edi (to‘plar farqi 19:2).
“Real” YeChL guruh bosqichini yo‘qotishlarsiz ikki marta bosib o‘tgan birinchi jamoaga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Real”ning Ispaniya klublari o‘rtasida g‘alabalar seriyasi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatgani xabar qilingan edi.
Izoh (0)