Afsonaviy futbolchi Pelega shu kunlarda kasalxonadan javob berishdi, deb xabar qiladi “Uff.uz”.
Pele o‘zini yomon his qilgani uchun ma’lum vaqt davomida kasalxonada davolanib chiqishga majbur bo‘ldi.
“Menga qaragan barcha shifokorlarga rahmat aytib o‘tmoqchiman.
Men Xitoy, Pokiston va Yevropaning deyarli barcha davlatlaridan xatlar oldim. Dunyoda shuncha odam seni qo‘llab-quvvatlayotganini his qilish juda ham yoqimli. O‘zimni yaxshi his qilyapman, Braziliya terma jamoasi tarkibida Olimpiadada o‘ynashga tayyorman. Bu musobaqada uch nafar yoshi katta futbolchi ishtirok etishi mumkin. Men ulardan biriman”, — dedi Pele.
Izoh (0)