Namangan viloyati nogironlar uchun mintaqaviy reabilitatsiya markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi, deb xabar beradi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Prezident rahnamoligida aholi, xususan, nogiron va jismoniy imkoniyati cheklangan insonlarni ijtimoiy muhofaza qilish, ular o‘zlarini jamiyatning to‘laqonli a’zosi sifatida his qilishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratishga alohida e’tibor qaratilayotgani, bu boradagi davlat dasturlari ijrosini ta’minlashga katta mablag‘ yo‘naltirilayotgani alohida ta’kidlandi.
“Shifo maskanimiz 50 o‘ringa mo‘ljallangan, — dedi Namangan viloyati nogironlar uchun mintaqaviy reabilitatsiya markazi direktori Fayzullo Dadaboyev. — Asosan fizioterapiya usuli bilan davolashga ixtisoslashgan muassasamizning nevrologiya, travmatologiya, terapiya, reanimatsiya kabi bo‘limlari zamonaviy tibbiy vositalar bilan jihozlandi. Bu ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi”.
Izoh (0)