Xalqaro olimpiya qo‘mitasi 8−9-dekabr kunlari Monakoda bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari 127-sessiyasida yozgi va qishki Olimpiya o‘yinlari ishtirokchilari soni, shuningdek medallar to‘plamlariga nisbatan cheklovlar kiritdi, deb xabar bermoqda “Anons.uz”.
Qabul qilingan tavsiyalarga ko‘ra, yozgi Olimpiya o‘yinlarida 10 500 dan ko‘p bo‘lmagan sportchi qatnashishi va 310 ta medal to‘plamlari o‘ynalishi mumkin. Qishki Olimpiya o‘yinlarida esa 2,9 minggacha sportchi ishtirok etishi va 100 ta medal to‘plami o‘ynalishi mumkin.
2012-yilda Londonda bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida 10 965 sportchi qatnashib, 26 sport turi bo‘yicha 302 medal to‘plami o‘ynalgan bo‘lsa, 2014-yilda Sochida bo‘lib o‘tgan qishki Olimpiya o‘yinlarida 2,8 ming sportchi 8 tur bo‘yicha 98 ta medallar to‘plami uchun kurashgan.
Shuningdek, ushbu sessiyada endi istisno tariqasida Olimpiya o‘yinlari musobaqalarini mezbon mamlakat hududidan tashqarida o‘tkazishga ham ruxsat berildi.
Izoh (0)