NATO missiyasi hisoblangan Boltiq havo politsiyasining patrul samolyotlari Latviya chegaralari yaqinida aniqlangan Rossiyaning 7 ta harbiy samolyotini kuzatib qo‘yish uchun havoga ko‘tarildi, deb xabar bermoqda “Yevropeyskaya pravda”.
Latviya Milliy qurolli kuchlar Twitter orqali ma’lum qilishicha, betaraf hududda Rossiyaning bitta An-72, ikkitadan Il-76, An-12 va An-26 samolyotlari aniqlangan.
Qayd etilishicha, avval ham Rossiya harbiy samolyotlarining ogohlantirmay uchishi tufayli NATO qiruvchi samolyotlari ikki marta havoga ko‘tarilgan.
Izoh (0)