Gruziya Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning Janubiy harbiy okrugida boshlangan artilleriyachilar mashg‘ulotlari doirasida Janubiy Osetiyada harbiy harakatlar olib borilganiga nisbatan norozilik bildirdi. Bu haqda “Interfaks-Zapad” axborotiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“Bu harakatlar Gruziyaning suvereniteti va hududiy yaxlitligiga tahdid solishga urinish va xalqaro huquq normalarini buzishdir”, — deb hisoblamoqda Gruziya Tashqi ishlar vazirligi.
Gruziya tashqi siyosiy idorasi xalqaro hamjamiyatni “Rossiya Federatsiyasining mintaqada tinchlik va xavfsizlikka tahdid soluvchi navbatdagi buzg‘unchi qadamiga tegishli tarzda javob qaytarish”ga chaqirdi.
Ma’lumot uchun, Shimoliy Kavkaz va Janubiy Osetiyadagi olti poligonda 5-dekabr kuni boshlangan dala mashqlarida 58-armiyaning 200 ga yaqin qurol va harbiy texnikasi, shuningdek, mingdan ziyod artilleriyachi ishtirok etmoqda.
Izoh (0)