Germaniya bosh kansleri Angela Merkel ZDF hamda ARD telekanallariga intervyu berayotgan vaqtida o‘zini o‘ta yomon his qilgani tufayli tanaffus olishga majbur bo‘ldi. Bu haqda The Local nashriga tayanib, “Kun” ma’lum qiladi.
“Kanslerimiz o‘zini birdaniga yomon his qila boshladi. Bir muddat tanaffus olib, suv ichib, ovqatlanib olgach, intervyu yana davom ettirildi”, — deya voqeaga aniqlik kiritdi Angela Merkelning mulozimlaridan biri Shteffan Zaybert.
Xabarlarga ko‘ra, Germaniya rahbarida ayni kunlarda ruhiy toliqish va kamqonlik alomatlari kuzatilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 7-dekabr kuni Angela Merkel o‘z intervyularidan birida Fransiyaning tashqi siyosatini tanqid qilib o‘tgan edi. 8-dekabr kuni esa Yevroparlament deputati bo‘lgan fransuz siyosatchisi Jan-Lyuk Melanshon unga javoban bir qancha qattiq ohangdagi e’tirozlarini bildirgan edi. Bu esa Germaniya kanslerining sog‘lig‘iga ta’sir qilmasdan qolmadi.
Izoh (0)