Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili Kiyevda Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bilan uchrashdi va unga Ukraina bosh vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimini egallash bo‘yicha taklifi uchun minnatdorchilik bildirdi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Men Ukraina prezidentiga bildirilgan ulkan ishonchi uchun minnatdorchilik bildirdim. Biroq ushbu lavozimni egallash uchun Ukraina fuqaroligini qabul qilish, buning uchun esa Gruziya fuqaroligidan voz kechishga to‘g‘ri kelishi sababli bu taklifni rad etdim”, − dedi Saakashvili Varshavada.
Gruziya TIV rasmiy vakili David Keresilidzening so‘zlariga ko‘ra, Gruziyada Mixail Saakashviliga qonunga qarshi harakatlarni amalga oshirgani uchun ayblov e’lon qilingani sababli agar unga Ukrainada mansab berilishi haqidagi xabarlar tasdiqlansa bu ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
Izoh (0)