Veritasium ilmiy-ma’rifiy kanali insonlarni bir-biridan farqlaydigan kodlar sonini matematik usul bilan hisoblab chiqdi. Insondagi barcha irsiy ma’lumotlar atigi 1,5 gigabayt xotirani egallaydi, deb xabar bermoqda “Segodnya.ua”.

Foto: trend.az

Foto: trend.az

Inson organizmi taxminan 40 trillion hujayradan iborat bo‘lib, ularning har biri 1,5 gigabaytlik irsiy kodni tashiydi. Shunday qilib, bir odamda jami 60 sekstibayt (1 sekstibayt 1024 ekzabaytga, ya’ni 1 180 591 620 717 411 303 424 baytga teng) ga yaqin ma’lumot bo‘ladi. Veritasium vakillari fikriga ko‘ra, butun dunyoda saqlanadigan ma’lumotlar  2020-yilda hajmi 40 sekstibaytga yetadi. Shundan bir inson tanasida naqadar ulkan ma’lumotlar borligini bilish mumkin.

Insondagi irsiy ma’lumotlarning 99,9 foizi dunyodagi qolgan odamlarniki bilan bir xil. Insonlarni bir-biridan ajratadigan ma’lumot esa bir megabaytdan ham kamroq joyni egallaydi.