Qashqadaryo viloyatida 2009—2013-yillarda namunaviy loyihalar asosida 3560 uy-joy bunyod etilib, foydalanishga topshirildi. Joriy yilda ham bu boradagi ishlar izchil davom ettirilib, 1172 uy-joy qurildi, deb xabar beradi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.
Qarshi tumanidagi Bog‘obod qishloq fuqarolar yig‘iniga qarashli Uzunnavo massivida qurilish ishlari yakunlangan 92 namunaviy uyga egalari ko‘chib o‘tdi.
Uzunnavo massivida barpo etilgan mo‘jaz stadion, bolalar maydonchasi, profilaktika inspektori va mahalla posboni xonalarini o‘z ichiga olgan guzar, tikuvchilik sexi, oziq-ovqat do‘koni hamda sartaroshxona aholiga katta qulaylik yaratmoqda.
Izoh (0)