O‘zbekiston Respublikasining Malayziyadagi favqulodda va muxtor elchisi Murod Asqarov ushbu mamlakat Qiroli Abdul Halim Muazzam Shohga ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar bermoqda “Jahon” axborot agentligi.
Marosim yakunida bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida Malayziya Qiroli o‘zbek xalqining boy tarixiy-madaniy merosini, shuningdek ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish uchun mavjud salohiyatni e’tirof etdi.
Suhbat so‘ngida Qirol Abdul Halim Muazzam Shoh Malayziya ikki tomonlama munosabatlarning barqaror rivojlanishi tarafdori ekanligini ta’kidlab, O‘zbekiston rahbariyati va xalqiga muvaffaqiyat va farovonlik tiladi.
Izoh (0)