NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Afg‘onistonda 1-yanvardan yangi missiya o‘tkazilishi haqida ma’lum qildi. U bu haqda Afg‘onistondagi yangi missiyada qatnashuvchi NATO tashqi ishlar vaziri va 14 nafar hamkorlar bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishdan so‘ng aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Kun” “RIA Novosti” axborotiga tayanib.
“Biz ‘Qat’iy yordam’ missiyasini 2015-yilning 1-yanvaridan boshlab amalga oshirishga qaror qildik. Jangovar bo‘lmagan bu missiyada NATO va uning hamkorlarining 12 mingga yaqin harbiyi ishtirok etib, afg‘on xafvsizlik xizmatini tayyorlashda yordamlashadi”, — dedi NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani Ahmadzay bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.
Missiya 139 ming kishini tashkil qilgan “Afg‘onistonda xafvsizlikni ta’minlovchi xalqaro kuchlar” kontingentining (ISAF) o‘rniga o‘tkaziladi.
Izoh (0)