Rossiya chempionatining 16-turida Moskvaning “Lokomotiv” klubi o‘z maydonida “Ural”ni qabul qildi va g‘alaba qozondi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.
O‘yinning 90-daqiqasida burchak to‘pidan keyin Dame N’Doye darvozani yaqin masofadan ishg‘ol qildi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi va o‘yinning 24-daqiqasida jarohat oldi. “Ural” futbolchisi Aleksandr Yeroxin uning tizzasiga tepdi. O‘zbekistonlik futbolchi 3-4 daqiqa maydonda oqsoqlangancha harakat qildi, ammo o‘yinni davom ettira olmadi. O‘yinning 30-daqiqasida uning o‘rniga Nemanya Peychinovich tushirildi.
Denisovning jarohati qay darajada jiddiyligi tibbiy ko‘rikdan keyin aniqlanadi. “Lokomotiv” 7-dekabr kuni “Terek” bilan bahs yuritadi. Bu o‘yinda Vitaliy jamoasiga yordam bera olmasligi mumkin.
Izoh (0)