Buyuk Britaniyaning BBC teleradiokompaniyasi Hind okeanidagi Zanzibar arxipelagiga kiruvchi Pemba orolida ochilgan g‘aroyib suvosti mehmonxonasi haqida reportaj tayyorladi, deb xabar bermoqda “Vesti.ru”.
Qirg‘oqdan 250 metr uzoqlikda joylashgan qalqib turuvchi mazkur kichik mehmonxonaga tashrif buyurganlar tunni baliqlar orasida o‘tkazadi. Mehmonxonaga mahalliy ko‘rfazda sutkasiga 24 soat xizmat ko‘rsatadigan motorli maxsus qayiqda yetib olish mumkin.
Dengiz mehmonxonasi uch qavatdan iborat bo‘lib, uning tomida kunduzi toblanish, kechasi esa yulduzlarni tomosha qilish mumkin. Ikkinchi qavatda joylashgan kichik mehmonxonada esa quyosh botishiga guvoh bo‘lish mumkin.
Eng pastdagi qavatda har bir devorida katta oynalari bo‘lgan shinam xona mavjud. Mazkur qalin oynalar suvda gala-gala bo‘lib suzib yurgan turli rangdagi baliqlarni tomosha qilish imkonini beradi.
http://www.youtube.com/watch?v=1DKE-Lo0m64
Biroq haqiqiy akvariumni yodga soluvchi bu mehmonaxonada bir kunlik tunash narxi haqida hozircha ma’lumot berilmadi.
Izoh (0)