Rossiya janubidagi Checheniston Respublikasi poytaxti Grozniy shahrida o‘tkazilgan maxsus operatsiya davomida 10 nafar politsiya xizmatchisi halok bo‘ldi va 28 nafar xodim turli jarohatlar oldi. Bu haqda Milliy aksilterror qo‘mitasiga tayangan BBC axborotiga asoslanib “Kun” xabar berdi.
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov maxsus operatsiya yakuniga yetganini aytdi. Biroq Milliy aksilterror qo‘mitasi bu ma’lumotni tasdiqlash yoki rad etishdan bosh tortdi.
Xabarda qidiruv ishlari davom etayotgani aytilgan.
“Maxsus operatsiya yakuniga yetdi. Bizda to‘qqiz nafar jangarining jasadi bor. Qidiruv ishlari hali davom etmoqda”, — dedi Ramzan Qodirov.
Izoh (0)