Samsung kompaniyasining Galaxy A seriyasidagi Galaxy A7 smartfonining texnik xususiyatlari e’lon qilindi. Bu haqda Phonearena.com sayti xabar berdi, deb yozadi “Parol” nashri.
Ushbu smartfonda 5,5 dyuym 1080 pikselli displey, 1,5 GGs chastotaga ega 64 bit, sakkiz yadroli Snapdragon 615 protsessori, 5 megapikselli old va 13 megapikselli orqa kamera, 2 Gb tezkor va kengaytirib bo‘lmaydigan 16 Gb ichki xotira, Android KitKat operatsion tizimi o‘rnatiladi.
U LTE modulida ishlaydi. Uning o‘lchamlari 150,9×75,9×6,3 millimetrni tashkil etadi. Galaxy A7 bunday qalinlik bilan Samsung kompaniyasining eng ingichka smartfoni bo‘ladi. Taqqoslash uchun, Galaxy A5 va Galaxy Alpha smartfonlari 6,7 millimetr qalinlikka ega.
Samsung Galaxy A7 smartfoni tez orada rasman taqdim etiladi. U Galaxy A lineykasidagi eng katta smartfon bo‘ladi.
Izoh (0)