Shimoliy Koreyada tug‘ilgan chaqaloqlarga davlat rahbari Kim Chen In kabi ism-familiyada bo‘lish rasman taqiqlandi. Bu haqda Yonhap News Agency xabariga asoslanib “Kun.uz” ma’lum qildi.
Bundan tashqari, shu vaqtgacha Kim Chen In bo‘lib yashab kelayotgan fuqarolarga ham o‘z ismlarini o‘zgartirish haqida ko‘rsatma berilgan. Shimoliy Koreya hukumati bu qarorni oddiy odamlar davlat rahbari bilan teng ko‘rilmasligi kerakligi bilan izohlagan.
2011-yili esa sobiq davlat rahbari, hozirgi prezident Kim Chen Inning otasi Kim Chen Ir ham o‘zi kabi nomga ega bo‘lganlarning o‘z ismlarini o‘zgartirishi kerakligi haqidagi farmonga imzo chekkan edi. O‘z vaqtida bunaqa qaror Kim Chen Inning bobosi, mamlakatning ilk prezidenti Kim Ir Sen tomonidan ham chiqarilgan va shu vaqtgacha mamlakatda hech kimga Kim Ir Sen ismi qo‘yilmaydi.
Izoh (0)