HTC kompaniyasi joriy yilning oktabrida RE Camera gadjetini taqdim etgan edi. Keyingi yilda esa ushbu gadjetning yangi versiyasi taqdim etiladi. Bu haqda Phonearena.com sayti xabar berdi, deb yozadi “Parol” nashri.
RE Camera gadjeti surat olish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, uning o‘zgacha dizaynda ekanligi va qulayligi maqtalgan edi. Ushbu gadjet hozirda 199 dollardan sotilmoqda. Kompaniya RE Camera gadjeti qanday sotilishidan qat’iy nazar, uning yangi versiyasini taqdim etishdan qo‘rqmayapti.
HTC kompaniyasining fikricha, Tayvandagi 8 million smartfon xaridorlarining 5 foizi RE Camera gadjetini ham xarid qiladi. Agar bu taxmin haqiqatga aylansa, RE Camera gadjetining yangi versiyasi ancha osonroq sotiladi.
RE Camera gadjetining yangi versiyasi haqida ma’lumotlar berilmagan. Biroq u ham suvga chidamli bo‘lishi va dizaynda o‘zgarishlar qilinmasligini taxmin qilish mumkin.
Izoh (0)