Buxoro viloyatining Jondor tumanida yashovchi shaxs o‘zining “VAZ−2106” rusumli avtomobilida 41 yoshli kishini urib ketdi, deb xabar bermoqda “Na postu” gazetasi.
Jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatmagan 58 yoshli erkak voqea joyini tark etgan. Muqaddam bir marta sudlangan fuqaro tez orada huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan qo‘lga olindi.
Bunda piyodaning urib yuborilishi haqida ichki ishlar organlariga tezkor xabar berib, qoidabuzarning avtomobilini tasvirlab bergan guvohlar yordam bergani qayd etilgan. Voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan bo‘lib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)