Toshkentdagi Caravan restorani sayohatchilar uchun mo‘ljallangan Travel.ru portali versiyasiga ko‘ra, MDHdagi eng yaxshi restoranlar o‘ntaligiga kirdi, deya xabar bermoqda UzDaily.
Ushbu reyting 2014-yilda sayyohlar orasida eng ommabop bo‘lgan, milliy taomlar tortiladigan restoranlarni o‘z ichiga oldi. U portal foydalanuvchilari fikrlari asosida tuzildi.
Bundan 15 yil avval Toshkentda ochilgan Caravan restorani ro‘yxatning oltinchi pog‘onasini egalladi.
Reytingga Rossiya, Qozog‘iston, Belarus, Ukraina, Armaniston, Ozarbayjon, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Moldova restoranlari kiritildi.