Toshkent viloyatining Angren shahrida istiqomat qiluvchi ayol kechki payt uyiga kirishi bilan noma’lum kimsa bostirib kirib, uning og‘zini berkitdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining “Postda” gazetasi.
Noma’lum kimsa ayolni qo‘rqitib, mehmonxonadagi DVD pleyerni olib ketdi. Jabrlanuvchining xabariga ko‘ra, zudlik bilan yetib kelgan tergov-tezkor guruhi voqea tafsiloti bilan tanishib, zarur choralarni ko‘rdi.
Tez orada gumon qilinuvchi shaxs aniqlanib qo‘lga olindi. Endi angrenlikning xatti-harakatiga tergov jarayonida oydinlik kiritiladi, deyiladi xabarda.
Izoh (0)