Respublika OITSga qarshi kurashish markazi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 27,5 mingdan ortiq OIV bilan kasallangan kishi ro‘yxatga olingan. Bu haqda “Jahon” axborot agentligiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, so‘nggi besh-olti yil ichida mamlakatda OITSga qarshi kurash xizmatida salmoqli natijalarga erishilgan bo‘lib, natijada infeksiya yuqqanlar sonini ko‘paytirmaslik va tashxis qo‘yilgan mijozlarning hayoti sifatini sezilarli oshirishga muvaffaq bo‘lingan.
OITSga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika va mintaqaviy markazlar binolari ta’mirlanib, zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan. Barcha mijozlarga retrovirus terapiyasi bepul taqdim etiladi. Respublika bo‘yicha 230 ta ishonch xonalari faoliyat yuritayotgan bo‘lib, u yerda aholining zaif guruhlari OIV infeksiyasi profilaktikasi masalalari bo‘yicha maslahatlar, bir marta ishlatiladigan shprislar, shaxsiy himoya vositalari hamda mavzu bo‘yicha materiallarni olishlari mumkin.
O‘tgan yili ushbu markazlar orqali 50,6 mingta axborot materiallari hamda 2,47 milliondan ortiq shaxsiy himoya vositalari tarqatilgan.
Izoh (0)