Fransiyaning Feljas & Masson kompaniyasi hamda O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Navoiy va Uchqara nasos stansiyalarini rekonstruksiya qilish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda “UzDaily” xabar bermoqda.
Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, Feljas & Masson kompaniyasi O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan e’lon qilingan 10 million yevrodan ziyod tender g‘olibiga aylangan.
Feljas & Masson kompaniyasi Navoiy viloyatidagi Navoiy va Uchqara nasos stansiyalarini rekonstruksiya qilish loyihasi uchun Fransiyada ishlab chiqarilgan nasoslarni yetkazib beradi. Bu loyihada ishtirok etuvchi O‘zbekiston korxonalari esa muhandislik va qurilish ishlarini olib boradi.
Fransiya va O‘zbekiston tomonidan moliyalashtirilayotgan mazkur loyiha ikki davlat o‘rtasida texnik va moliyaviy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi e’tirof etilgan.
Izoh (0)