Falastin milliy ma’muriyati Isroilni yahudiy millatining davlati sifatida tan olmaydi. Bu haqda Falastin rahbari Mahmud Abbos Qohirada bo‘lib o‘tgan Arab davlatlari ligasi tashqi ishlar vazirlarining favqulodda yig‘ilishi oldida e’lon qildi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
“Biz Isroil davlatini tan olamiz, biroq yahudiy davlatini tan olmaymiz. Iordan daryosining g‘arbiy sohilidagi vaziyat juda xavfli, ortiq bunday davom ettirib bo‘lmaydi. Falastinliklar uchun eng xavflisi – status-kvoni saqlab qolish”, − dedi Abbos.
Eslatib o‘tamiz, Isroil ommaviy axborot vositalari shu kunlarda mamlakat parlamentida Isroilga yahudiy millatining davlati maqomini berish masalasi muhokama qilinayotganini xabar bermoqda.
Izoh (0)