Futbol bo‘yicha Angliya terma jamoasining sobiq sardori Devid Bekhem o‘g‘li Bruklin bilan birga avtohalokatga uchradi. Bu haqda “Super.ru”ga tayanib, “Kun” xabar bermoqda.
16 yoshli Bruklin “Arsenal” futbol maktabidagi mashg‘ulotlaridan so‘ng, otasi bilan birga qaytayotgan bo‘lgan.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, halokat natijasida katta Bekhem yelkasini shikastlab olgan, Bruklin esa bor-yo‘g‘i qo‘rqib ketgan. Hozirgi vaqtda hodisa tafsilotlari aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Devid Bekhem avval ham yo‘l-transport hodisasi ishtirokchisiga aylangan edi. O‘shanda politsiyachilar jahon futboli yulduzi avtomobilni belgilanganidan tez boshqargani va mashinani xavfli haydaganini YTHga sabab qilib ko‘rsatgandi.
Izoh (0)