AQShning Chikago shahridagi savdo markazida “qora juma” kuni uyushtirilgan otishma oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, yana bir kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda Associated Press.
Noma’lum erkak Nordstrom savdo markazining birinchi qavatidagi Magnificient Mile do‘koni xodimasiga o‘q uzib, keyin o‘zini o‘ldirgan. Jabrlanuvchi og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.
Guvohlar ikkita o‘q ovozini eshitganini va to‘pponcha bilan qurollangan odamni ko‘rganini ma’lum qilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mojaro turmush masalalari tufayli kelib chiqqan. Hozirda savdo markazining barcha tashrifchilari evakuatsiya qilingan.
Izoh (0)