U hali besh yoshda, lekin u ijtimoiy tarmoqda ko‘plarning mehrini qozongan, uning Instagram’dagi “follover”lari soni bir milliondan ko‘p va bu miqdor kundan-kunga oshib bormoqda. Bu haqda Daily Mail axborotiga tayanib, “Kun” xabar bermoqda.
Jajji Brenna Yun hashamatli hayot muhitida va kundan-kun ko‘payayotgan muxlislari sovg‘alari qurshovida yashaydi. Sovg‘alar orasidan Louis Vuitton sumkalari, Chanel va Tiffany zargarlik buyumlari-yu, qimmat shokolad va pechenyelar ham o‘rin olgan.
Qayd etilishicha, u limuzinlarda sayr qiladi, biznes-klassda dunyo kezadi.
Brennaning otasi janubiy koreyalik, onasi esa filippinlik bo‘lib, ular Dubayda istiqomat qiladi. Onasi Facebook’da qizaloqning suratini qo‘yganidan beri Brenna mashhur bo‘lib ketdi. Bundan yetti oy muqaddam Instagram’da qizaloq uchun OfficialBreannaYoun sahifasi ochilgach esa Brenna rosmanasiga “porladi”.
Brenna Instagram’dagi muxlislari soni bo‘yicha One Direction guruhi xonandasi Zayn Malikka (Malikning 1,2 million “follover”i bor) yetib olishi mumkin.
Ba’zi Instagram’dan foydalanuvchi ota-onalar Brennani o‘z farzandlaridan ortiqroq yaxshi ko‘rishlarini sharh sifatida qoldirayotgan bo‘lsa, ba’zilar Brennaning ota-onasini qizaloqdan o‘z hashamdor hayotlarini namoyish qilishda foydalanayotgani uchun tanqid qilmoqda.
Izoh (0)