2014-yil 14-maydagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qonun bilan Xo‘jalik protsessual kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilib, 2014-yil 1-sentabrdan xo‘jalik sudlarida sud majlislarini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish imkoniyati yaratildi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.
Endilikda boshqa hududdagi sud majlisiga borish, ortiqcha vaqt va mablag‘ sarflash kabi tashvishlar deyarli barham topdi. O‘tgan davrda 700 ga yaqin sud majlisi videokonferensaloqa rejimida o‘tkazildi.
1,5 mingga yaqin ishtirokchi masofaviy sud protsesslarida qatnashib, ularning o‘rtacha 320 million so‘mdan ortiq mablag‘i tejab qolindi.
Izoh (0)