“Mover.uz” internet-resursining foydalanuvchilaridan biri tayyorlagan “UMS haqida Top-10 fakt” nomli videorolikda foydalanilgan matn manbasini ko‘rsatmagani uchun “UMS mobil operatori haqida 10 fakt” maqolasi mualliflari bo‘lgan “Mobinfo.uz” sayti tomonidan tanqidga uchradi.
Qayd etilishicha, sayt xodimlari tomonidan rolik aniqlangan vaqtgacha u 1452 marta ko‘rilgan. Videolavhada berilgan matnli qator va “Mobinfo.uz”dagi maqola matni 100 foiz bir-biriga mos kelishi aytilgan. Shuningdek, rolik ostida maqola boshidan parcha ham keltirilgan.
Yuqorida nomi keltirilgan maqola 5 ming martadan ko‘p o‘qilgan bo‘lib, oyning eng ommaviy maqolalaridan biri bo‘lgani e’tirof etilgan.
Izoh (0)