UEFA prezidenti Mishel Platini yilning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan “Oltin to‘p” mukofotiga kimlar munosibligi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Kun.uz”.
“O‘ylashimcha, Yevropa terma jamoalari Braziliya mundialida yaxshi qatnashdi, ayniqsa, Germaniya. Chempionat davomida bir qancha futbolchilar o‘zini har tomonlama yaxshi ko‘rsatib, ‘Oltin to‘p’ga munosib da’vogar ekanliklarini isbotladi. Mening nuqtai-nazarimga ko‘ra, bu g‘oliblar uchun sovrindir.
Men bu borada 4 yil oldin ham xuddi hozirgidek fikrlar edim. O‘shanda ham, ‘Oltin to‘p’ni JARda chempion bo‘lgan Ispaniya termasi a’zolaridan biriga berish kerakligini aytganman” – dedi Mishel Platini.
Izoh (0)