Qozog‘istonning Ostona shahrida tennis bo‘yicha ITF toifasiga kiruvchi, mukofot jamg‘armasi 10 ming AQSh dollaridan iborat bo‘lgan turnir davom etyapti, deb xabar beradi “Olamsport”.
Musobaqada 6-raqam ostida tasniflangan o‘zbekistonlik tennischi Albina Xabibulina ikkinchi davra uchrashuvida qozog‘istonlik Anastasiya Yepishevani 6:3, 4:6, 6:3 hisobida mag‘lub etdi.
Uning chorak finaldagi raqibasi rossiyalik Yekaterina Yashina bo‘ladi. Turnirda 3-raqam ostida harakat qilayotgan Yashina ikkinchi davra bahsida hamyurti Alina Zolotaryovadan 6:4, 4:6, 6:1 hisobida ustun keldi.
Izoh (0)