Adidas Lionel Messi uchun maxsus butsalar ishlab chiqardi, deb xabar beradi “Stadion.uz”.
Unga Argentinadagi Rosario shahri sharafiga Mirosar10 deb nom berildi. Mirosar so‘zi ispan tilidan tarjima qilinganda “Mening Rosariom” degan ma’noni bildiradi.
Messi aynan Rosario shahrida tug‘ilgan, ilk futbolga o‘sha yerda qadam qo‘ygan.
Butsaning asosiy ranglari sifatida zarg‘aldoq (to‘q sariq) va yashil ranglari tanlangan. Bu Lionel yoshligida o‘ynagan jamoaning asosiy ranglari hisoblanadi.
Mirosar10 patagiga esa Rosario xaritasi tasvirlangan. Unda asosiy urg‘u tashlandiq holatga kelib qolgan “Batalyon” harbiy bazasiga qaratilgan. Messi va uning do‘stlari ushbu harbiy bazaning devoridan oshib, futbol o‘ynashga borgan.
Izoh (0)