Qozog‘istonning Ostona shahrida tennis bo‘yicha ITF toifasiga kiruvchi, mukofot jamg‘armasi 10 ming AQSh dollaridan iborat bo‘lgan turnir davom etyapti, deb xabar beradi “Olamsport”.
Ushbu musobaqaning juftliklar bahsida to‘rtinchi raqamli duetni tashkil qilgan o‘zbekistonlik Albina Xabibulina va Aleksandra Staxanova chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston vakillari mezbon tennischilar — Anastasiya Yepisheva va Kamila Bolatovadan ustun keldi. Aniqrog‘i, 0:5 hisobida mag‘lub bo‘layotgan qozog‘istonlik tennischilar bahsni davom ettirmasliklarini ma’lum qilgan.
Izoh (0)