2015-yil boshida Saudiya Arabistonining Makka va Madina o‘rtasida qurilayotgan 480 kilometr uzunlikdagi “Haramayn temir yo‘li”da tezyurar poyezdlarning sinovi o‘tkaziladi. Yangi liniya uchun jami 35 ta zamonaviy poyezdlarning keltirilishi belgilangan. Bu haqda Saudiya Arabistonining Transport vazirligi ma’lum qilgan, deb xabar bermoqda “Info.islom.uz”.
Xabar qilinishicha, hozirda temir yo‘l liniyasidagi asosiy bekatlarning 90 foizi qurib bitkazilgan. Bekatlar ikki muqaddas shaharga tashrif buyuradigan ziyoratchilar uchun qulay bo‘lishiga alohida etibor qilinmoqda. Shuningdek, temir izlarni ehtimoliy suv toshqinlaridan muhofaza qilish maqsadida, ularni yer sathidan 1,2 metr balandroq qilib barpo etilgan.
Saudiya Arabistoni Temir yo‘l shirkatining rahbari Muhammad bin Xolid al-Suvaykatning ta’kidlashicha, “Haramayn temir yo‘li” to‘liq ishga tushirilgach, Makka va Madinani Jidda va Rabig‘ shaharlari bilan ham tezyurar poyezdlar vositasida bog‘lash imkoniyati paydo bo‘ladi. Yangi liniya orqali soatiga 20 mingga yaqin yo‘lovchini tashish nazarda tutilgan.
Izoh (0)