Google kompaniyasi Nyu-Yorkning “Tayms-skver”idan o‘rin egallagan dunyodagi eng katta reklama displeyida o‘z mahsulotlarini namoyish qila boshladi. Bu haqda The Verge xabar berdi, deb yozadi “Parol” nashri.
Ushbu displeyning balandligi 23,5 metr, uzunligi esa 98,5 metrni tashkil etadi. U 2368×10 048 pikselli bo‘lib, unda 24 millionta piksel mavjud. Hozirda ushbu displeyda Google Maps va Android kabi mahsulotlarning reklamasi davom etmoqda.
Unda Google’ning Android robotlarini ham ko‘rish mumkin. Xohlovchilar o‘zlarining Android robotlarini chizishsa va uni ushbu displeyda ko‘rsatilishini tomosha qilishsa ham bo‘ladi. Shu bilan birga, displey ostida Android robotlarining maketlari ham mavjud.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu displeyni ijaraga olgan ilk kompaniya Google hisoblanadi va kompaniyaning reklamalari yanvar oyining so‘ngiga qadar bu displeyda namoyish qilinadi.
Izoh (0)