Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQShning Missuri shtati Sent-Luis sudining avgust oyida 18 yoshli afro-amerikalik o‘smirni otib qo‘ygani uchun hibsga olingan politsiyachi Darren Uilsonni oqlagani yangi tartibsizliklarga olib keldi. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar bermoqda.

Foto: ria.ru

Foto: ria.ru

Fergyuson shahrida yuzlab odamlar norozilik bildirib, ko‘chalarga chiqdi; shaharda tartibsizliklar boshlandi. Fergyuson havo hududida esa parvozlar to‘xtatib qo‘yildi.

Ayni damda namoyishchilarni AQShning Vashington, Nyu-York, Chikago va Sietl singari yirik shaharlaridagi aholi qo‘llab-quvvatlamoqda. Mazkur norozilik aksiyasi Amerikadagi jami 34 shtatning 90 shahriga, shuningdek, Kanadaning bir necha aholi turar-joy punktlariga tarqalib ketdi. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, tartibsizliklar jami 120 ga yaqin shaharga tarqalishi mumkin.

Tartibsizliklar yuzaga kelishidan avvalroq Missuri shtati gubernatori ehtiyot chorasi sifatida Fergyusonda favqulodda holat e’lon qilgandi. Bir necha kun avval yordam berish uchun shaharga politsiyachilar va Milliy gvardiya harbiylari kiritilgan edi.

AQSh prezidenti Barak Obama, o‘z navbatida, namoyishchilarni norozilik aksiyasini tinch yo‘l bilan o‘tkazishga, politsiyachilarni esa vazminlikka chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyida 18 yoshli qoratanli o‘smirni otib qo‘ygani uchun qamoqqa olingan politsiyachi Darren Uilsonning oqlangani 25-noyabr kuni ertalab AQShning Missuri shtati Sent-Luis sudi prokurori Bob Makkalok tomonidan ma’lum qilindi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda Urug‘chilik hamda pistachilik ilmiy markazlari tashkil etiladi
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Shou-biznes
Yillar davomida tanib bo‘lmas darajada o‘zgargan Gollivud aktyorlari (foto)