Toshkent shahrida 2014-yil davomida 700 ta yangi skameyka o‘rnatildi. Bu haqda Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi rahbari Abduvohid Karimov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Podrobno.uz”.
Shahar bo‘ylab 2013-yil davomida jami 4200 ta axlatdon o‘rnatilgan. Bu miqdor yetarli deb hisoblangani sababli 2014-yilda axlatdonlar o‘rnatilmagan.
Biroq poytaxt aholisi va mehmonlari umumiy mulkka har doim ham yaxshi munosabatda bo‘lavermasligi aytilgan. Boshqarma boshlig‘ining so‘zlariga ko‘ra, har yili skameyka va axlatdonlarning 10−15 foizi foydalanuvchilar tomonidan sindirilishi, buzilishi va bo‘yalishi sababli yaroqsiz holga keladi.
Izoh (0)