Tailandning Bangkok shahrida tennis bo‘yicha “Fyuchers” toifasiga kiruvchi, mukofot jamg‘armasi 15 ming AQSh dollaridan iborat bo‘lgan turnirning asosiy to‘r bahslari boshlandi, deb xabar beradi “Olamsport”.
O‘zbekistonlik tennischi Temur Ismoilov birinchi bosqichda janubiy koreyalik Kim Cheong Yeuiga qarshi kortga tushdi. Bahsda Temur raqibi ustidan 6:3, 6:3 hisobida g‘alaba qozondi.
Ikkinchi bosqichda Ismoilov Nattan Benjasupavan — Pruchya Isarov (ikkalasi Tailand) juftligi g‘olibiga qarshi bahs olib boradi.
Izoh (0)