Hindiston sharqidagi Orissa shtati hududida Kushbxadar daryosidagi ko‘prik ostidan 20 dan ortiq odam kalla suyagi, qurigan gullar, kinovar kukuni va bir nechta suyaklar topildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Politsiya mahalliy tabiblardan birini so‘roq qilganda, u besh yil davomida qabrlardan kalla suyaklarini olib, “udumlar” uchun to‘plagani aniqlangan. Uning so‘zlariga ko‘ra, kalla suyaklarini tabibning ishlarini ma’qullamagan va yaqinda vafot etgan yordamchisining o‘g‘li ko‘prik ostiga tashlagan.
Hozirda tegishli tekshiruvlar olib borilmoqda. Politsiya ekspertiza xulosalaridan keyingina bu masalada qandaydir qarorga kelishi mumkinligini ma’lum qilgan.
Izoh (0)