Toshkent shahrida joriy yilning 18-noyabr kuni Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamkorligida “16 noyabr — Xalqaro bag‘rikenglik kuni”ga bag‘ishlangan “Diniy bag‘rikenglik tamoyillari — yoshlar talqinida” mavzusida talabalar ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rasmiy saytida xabar berildi.
Anjumanda Respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan barcha diniy ta’lim muassasalari talaba va o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Tadbirda O‘zbekiston fuqarolarining vijdon erkinligi va din erkinligi sohasidagi konstitutsion huquqlarini ta’minlash, turli millat va din vakillari orasida totuvlikni mustahkamlash, millatlar va dinlararo muomala madaniyati, umuminsoniy qadriyatlarga hurmatni shakllantirish, jamiyatda diniy bag‘rikenglik va dinlararo do‘stlik-hamkorlik g‘oyalarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilishi, O‘zbekistondan yetishib chiqqan allomalar ijodida diniy bag‘rikenglik tamoyillarining yoritilishi talabalar tomonidan keng talqin etildi.
Izoh (0)