Rossiya armiyasida muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan askarlarga iPhone’dan foydalanish taqiqlandi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligining chaqiriq ishlari bo‘yicha rasmiy ishonch telefoniga asoslanib “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Vazirlik vakilining izoh berishicha, bu taqiq iPhone orqali suhbatlashganda apparat kamerasi foydalanuvchining qayerda ekanligi va nima qilayotganini aniqlab uzata olishi tufayli joriy etilgan.
Shuningdek, harbiy xizmatchilar iPhone’dan boshqa istalgan rusumdagi telefonlardan foydalanishi mumkinligi ham qayd etilgan. Ekspertlar ham iPhone yordamida insonning qayerda joylashganini osongina aniqlash mumkinligini qayd etgan.
Izoh (0)